Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining dam olish kuni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida joriy yilning 21-dekabr kuni litseyning bir guruh o‘…
22.12.2025 17 viewsNukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining dam olish kuni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida joriy yilning 21-dekabr kuni litseyning bir guruh o‘quvchilarini Nukus shahrining diqqatga sazavor joylariga sayohati tashkil etildi. O‘quvchilar Nukus shahri markazida bezatilgan bosh archa maydoniga tashrif buyurib, sayr qilib madaniy hordiq chiqardilar. Bosh archa shahar aholisi va mehmonlarini o‘ziga jalb etib, shinamlik va sehrli muhit yaratadigan bayram tadbirlarining markaziga aylangan. Sayohat o‘quvchilarga Yangi yil shukuhi va bayramona kayfiyat ulashdi.
