Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining dam olish kuni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida joriy yilning 30-noyabr kuni litseyning bir guruh o‘…
01.12.2025 15 viewsNukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining dam olish kuni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida joriy yilning 30-noyabr kuni litseyning bir guruh o‘quvchilarini Nukus shahrining diqqatga sazavor joylariga sayohati tashkil etildi. Dastlab, o‘quvchilar Nukus shahridagi Yoshlar texnoparki binosiga borib, u yerda yaratilgan qulay sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng Do‘stlik kanali bo‘yiga tashrif buyurib, sayr qilib madaniy hordiq chiqardilar. Shuningdek o‘quvchilarning bir stol atrofida yig‘ilib, dildan suhbat qurishiga ham imkoniyat yaratib berildi.
