Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025-yil 30-sentabr kuni “1-Oktabr — ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda yurtimizda yan…
30.09.2025 19 viewsNukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025-yil 30-sentabr kuni “1-Oktabr — ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan- ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi. Ichki ishlar vazirligi tomonidan bir qator ustoz va murabbiylar faoliyatida erishgan yoqori natiyjalari uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofatlandi. Shuningdek, harbiy–akademik litseyda “1-Oktabr — ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqasida g‘olib jamoalar ham taqdirlandilar. Bayram tadbirining badiiy qismida litsey o‘quvchilari tomonidan taqdim etilgan bir-biridan ajoyib kuy-qo’shiqlar, milliy raqs va qiziqarli sahna ko’rinishlari tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
