🠕

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Tarbiya fan oyligi” doirasida 1-kurs o‘quvchilariga “Halollik vaksinasi” mavzusida videorolik namoyish etildi. “Halollik vaksi…

13.05.2025 19 views

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Tarbiya fan oyligi” doirasida 1-kurs o‘quvchilariga “Halollik vaksinasi” mavzusida videorolik namoyish etildi. “Halollik vaksinasi” – korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari majmuasidir. Bu atama ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojatnomasida tilga olingan. Korrupsiyaga qarshi kurashda adolat bosh mezon hisoblanadi. Litseyning tarix fani o‘qituvchisi Rashid Dawletmuratov mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga atroflicha ma’lumotlar berib, ularga yurtimizda sog‘lom muhitni yaratish davlatimizning ustuvor vazifasi ekanligini hisobga olgan holda o’z hissalarini qo‘shishga chaqirdi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0