🠕

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilar jamoasi tashabbusi bilan ingliz tilidan xalqaro va milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik maqsadida maxsus …

16.09.2025 19 views

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilar jamoasi tashabbusi bilan ingliz tilidan xalqaro va milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik maqsadida maxsus Mock test tashkil etildi. Ushbu sinov mashg‘ulotida o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rish, imtihon jarayoniga yaqin sharoitda o‘zlarini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda til kompetensiyalarini yanada mustahkamlash, ularga real imtihon muhitini his qildirish hamda natijalar asosida keyingi bosqichlarda samarali tayyorgarlik olib borishdir. Jamoa a’zolari mazkur tashabbus orqali nafaqat o‘z bilimlarini mustahkamlash, balki tengdoshlari uchun ham foydali tajriba maktabi yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0