Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyning 1-kurs o‘quvchilari va Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpoq akademik litseyining o‘quvchi yoshlari bilan birgalikda davra suhbati tashkil…
10.05.2025 20 viewsNukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyning 1-kurs o‘quvchilari va Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpoq akademik litseyining o‘quvchi yoshlari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida tarix fanlari falsafa doktori (PhD) G.Allamuratov o‘zining Ikkinchi jahon urushi haqida olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida toʻplangan materiallari va urush yillaridagi hayotiy voqealarni oʻquvchi yoshlarga aytib berdi. Soʻngra o‘quvchi yoshlarga urush qatnashchilarining front va front ortidagi qahramonliklari aks ettirilgan videolavha namoyish etildi. Tadbirning ikkinchi qismi Nukus shahrida joylashgan Xotira va qadrlash maydoni hamda Vatanparvarlik bogʻida boʻlib oʻtdi. U yerda oʻquvchilar urush qatnashchilaring roʻyxati va bogʻda joylashgan harbiy qurol-aslahalar va muzeydagi eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.
