🠕

Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi — mustaqillik, birlik va milliy qadriyatlarimiz timsolidir. qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘z…

12.11.2025 19 views

Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi — mustaqillik, birlik va milliy qadriyatlarimiz timsolidir. qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o’yi, maslak-maqsadi mujassam. Xususan, shu yilning 11-noyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida birinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im – faxrim, g‘ururim” mavzusi ostida insholar tanlovi o‘tkazildi. Insholar tanlovi o‘quvchilarning yozma savodxonligi, tahliliy fikrlashi va nutq madaniyatini baholash imkonini beruvchi muhim bosqich hisoblanadi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0