Oʻzbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025-yil 24-oktyabr kuni jadidlik harakati asoschisi, atoqli adib, ma’rifatparvar va jamoat arbobi Mahmudxo…
25.10.2025 17 viewsOʻzbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025-yil 24-oktyabr kuni jadidlik harakati asoschisi, atoqli adib, ma’rifatparvar va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan yurtimizda keng nishonlanayotgan tadbirlar doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvga kelgan mehmonlar Behbudiy asarlarining g‘oyaviy-badiiy jihatlari, uning millat taqdiri, ta’lim va ma’rifat masalalariga bag‘ishlangan fikr-mulohazalarini chuqur tahlil etdilar. Ular, shuningdek, jadidchilik harakatining o‘z davridagi ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, bugungi mustaqil O‘zbekiston yoshlariga meros bo‘lib qolayotgan ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida so‘zlab, ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdilar. Tadbir so‘ngida Behbudiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi hamda talabalar tomonidan uning asarlaridan parchalar o‘qildi. Uchrashuv samimiy va ma’naviy ruhda o‘tdi hamda barchaga chuqur taassurot qoldirdi.
