Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli «Oʻquvchi-yoshlarni chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori …
27.09.2025 23 viewsOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli «Oʻquvchi-yoshlarni chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan To‘rtko‘l tumanidagi 18-sonli Jasorat maktabiga Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyining professor-o‘qituvchilari targʻibot-tashviqot, amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif buyurdilar. Tashrif davomida uslubiy qoʻllanmalar topshirilib, “Tekis va notekis harakat” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur yo‘nalishda hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.
