“Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashrif Joriy yilning 9-aprel sanasida Innovatsion texnologiyalar universiteti “Innovatsion pedagogika fakulteti” ustozlari va talaba yoshlari IIV Nukus “T…
09.04.2026 27 views“Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashrif Joriy yilning 9-aprel sanasida Innovatsion texnologiyalar universiteti “Innovatsion pedagogika fakulteti” ustozlari va talaba yoshlari IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar litseyning ta’lim jarayoni, mavjud yo‘nalishlari hamda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga o‘quv xonalari, maxsus fan xonalari, sport majmuasi va kutubxona faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, litsey hayoti va o‘qish jarayoni haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar. Tashrif yakunida universitet ustozlari litsey o‘quvchilariga o‘zlarining oliy ta’lim muassasasi haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi. Mazkur tashrif yoshlarning kelajakdagi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashdi.
