O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 10-aprel kuni respublikamizning barcha …
11.04.2026 17 viewsO‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 10-aprel kuni respublikamizning barcha hududlarida musobaqaning saralash o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu bosqich yakunida har bir hududdan eng yuqori o‘rinni egallagan 3 tadan jamoa respublika bosqichiga yo‘l oldi. “Zakovat” turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi 3 tur yakuniga ko‘ra: IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining “Temurbeklar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, turnirning respublika final bosqichiga yo‘llanma oldi. IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jamoasi a’zolarini mazkur intellektual bellashuvda erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz. Musobaqaning respublika final bosqichida ham ularga omad va zafarlar tilaymiz!
