🠕

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevral kungi PQ 65-sonli qarorining tegishli bandlarining ijrosini ta’minlash hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o…

08.05.2025 19 views

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevral kungi PQ 65-sonli qarorining tegishli bandlarining ijrosini ta’minlash hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining jangavor tayyorgarligini oshirib borish maqsadida 2025-yil 5-8-may kunlari oralig‘ida “Yakka kurash”, “To‘siqlardan o‘tish”, “Mini futbol” hamda “O‘q otish” sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonlik, aniqlik va sport mahoratini namoyon etishdi. Tadbir yoshlarning harbiy-sport tayyorgarligini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0