O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Amir Temur jamoat fondining 2024-yil 18-oktabr kunidagi 4-sonli Rayosat qaroriga ko‘ra litseyda bold “Amir Temur buyuk davlat arbobi, bunyodkor, ilm-fan homiy…
26.11.2024 18 viewsO‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Amir Temur jamoat fondining 2024-yil 18-oktabr kunidagi 4-sonli Rayosat qaroriga ko‘ra litseyda bold “Amir Temur buyuk davlat arbobi, bunyodkor, ilm-fan homiysi va buyuk sarkarda” mavzusida insholar tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi. Bu tanlovni o‘tkazishdan maqsad Amir Temur bobomiz va Temuriylar sulolasi vakillarining umumbashariy taraqqiyoti, xususan, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at, me’morchilik, harbiy mahorat va davlatchilikning rivojiga qo’shgan ulkan hissasini o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yanada kengroq targ’ib qilish sanaladi. Shu munosabat bilan, ushbu tadbirning 1-bosqichi litseyning 1- va 2-kurs o‘quvchilari orasida tashkil etilib, 1-o‘rinni 204-guruh o‘quvchisi Abdusalomov Anvarjon, 2-o‘rinni 201-guruh o‘quvchisi Turaev Allamurod, 3-o‘rinni 101-guruh o‘quvchisi Azizov Lazizbek egalladi.
