Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligida Gercen nomidagi Sankt-Peterburg pedagogika universiteti tomonidan rus tili va adabiyoti fani o’qituvchilariga xalqaro S1 daraj…
15.02.2024 20 viewsQoraqalpog’iston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligida Gercen nomidagi Sankt-Peterburg pedagogika universiteti tomonidan rus tili va adabiyoti fani o’qituvchilariga xalqaro S1 darajasidagi sertifikatlar tantanali topshirildi. Bunda Gercen nomidagi universitetning o’qituvchilari tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga tayyorlash milliy markazida rus tili o’qituvchilarining malakasini oshirish bo’yicha metodik seminarlar va mashg’ulot o’tish orqali ularning rus tilini bilish darajasini TRKI (Testirovanie po russkomu yaziku kak inostrannomu) test orqali sinovdan o’tkazildi. underline Respublikamiz bo’yicha 26 nafar o’qituvchi S1 darajasidagi xalqaro sertifikatga ega bo’ldilar. Ular orasida litseyimizning rus tili fani o’qituvchilari Seytnazarova Gulnora Aytbaevna va Utemuratova Ol`ga Viktorovna borligi quvonarli. italic Jamoamiz nomidan ularni tabriklab, kelgusi ishlariga zafarlar tilaymiz. Sertifikatga ega bo’lgan o’qituvchilarga har oyda 50 foiz miqdorida ustama haq to’lanishi belgilangan.
