Quvonchli xabar! Yangi yutuqlar bilan tabriklaymiz! IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilari joriy yilning fevral–mart oylarida o‘tkazilgan matem…
01.04.2026 21 viewsQuvonchli xabar! Yangi yutuqlar bilan tabriklaymiz! IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilari joriy yilning fevral–mart oylarida o‘tkazilgan matematika fani bo‘yicha milliy sertifikat sinovlarida munosib ishtirok etib, yana bir bor yuksak natijalarga erishdilar. Natijada litseyning 1-kurs o‘quvchilari – 34 sertifikatni, 2-kurs o‘quvchilari – 25 sertifikatni, jami 59 ta sertifikatni qo‘lga kiritib, ta’lim maskani sharafini yana-da yuksaltirdilar. Natijalar quyidagicha: A daraja — 5 nafar B+ daraja — 5 nafar B daraja — 13 nafar C+ daraja — 26 nafar C daraja — 9 nafar Bu yutuqlar — ustozlarning tinimsiz mehnati, o‘quvchilarning izlanishlari hamda litsey jamoasining birgalikdagi sa’y-harakatlari samarasidir. IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jamoasi barcha sertifikat sohiblarini hamda litseyning “Matematika” fani ustozlarini samimiy muborakbod etadi! Ularning kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
