«TARIX fani oyligi» doirasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining tarix fani oʻqituvchilari 1-kurs oʻquvchilari uchun «Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati …
28.02.2026 18 views«TARIX fani oyligi» doirasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining tarix fani oʻqituvchilari 1-kurs oʻquvchilari uchun «Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi» ga ekskursiya tashkillashtirdi. ✅»Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi» Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muzeylardan biri hisoblanadi. Sayohat davomida oʻquvchilar muzeyning tabiat, arxeologiya va etnografiya, zamonaviy tarixga oid boʻlimlari bilan tanishdilar. Oʻquvchilar muzeyning koʻrgazma zallarida Qoraqalpogʻistonning oʻtmishi, bugingi hayoti, flora va faunasi haqida, Qoraqalpogʻiston tarixiga oid noyob eksponatlar, mahalliy xalqlar etnografiyasi va amaliy sanʼatiga oid buyumlarni tomasha qildilar. Bunday sayohatlar yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ularning tarixiy ongini shakllantirishda va milliy g‘ururini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
