“Temur tuzuklari – adolat va tartib mezoni” mavzusida insholar tanlovi. Joriy yilning 8-aprel sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchilari…
09.04.2026 18 views“Temur tuzuklari – adolat va tartib mezoni” mavzusida insholar tanlovi. Joriy yilning 8-aprel sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi” munosabati bilan “Temur tuzuklari – adolat va tartib mezoni” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. ️ Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilar ongida buyuk sarkardamizning jahon tarixidagi o‘rni, uning markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlari, harbiy-strategik mahorati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida tushuncha shakllantirish, shuningdek, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tanlov davomida o‘quvchilar Sohibqiron Amir Temur hayoti, davlat boshqaruvi va harbiy yurishlari haqidagi o‘z bilimlarini badiiy, mantiqiy va ijodiy tarzda ifodalab berishdi.
