🠕

“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari QDU Yuridika fakultetida bo‘lishdi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini yanada oshirish hamd…

01.06.2026 46 views

“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari QDU Yuridika fakultetida bo‘lishdi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini yanada oshirish hamda ularning yurisprudensiya sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida Qoraqalpoq davlat universitetining Yuridika fakultetiga maxsus tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida bo‘lajak vatan himoyachilari: Fakultetdagi zamonaviy o‘quv xonalari va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar; Huquqshunoslik sohasi sirlari va ta’lim tizimi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi; O‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va kelajakda yetuk kadrlar bo‘lib yetishishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0