YO‘LING OCHIQ BO‘LSIN, AZIZ BITIRUVCHI! Bugun IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilarining hayotidagi eng muhim kunlardan biri. Yillar davomida bilim, tarbiya …
12.06.2026 44 viewsYO‘LING OCHIQ BO‘LSIN, AZIZ BITIRUVCHI! Bugun IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilarining hayotidagi eng muhim kunlardan biri. Yillar davomida bilim, tarbiya va jasorat maktabi bo‘lib xizmat qilgan muassasa o‘z o‘quvchilarini katta hayot sari kuzatmoqda. Tantanali bitiruv marosimi yuksak ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Unda ichki ishlar vazirligi rahbariyati, sohaviy xizmat vakillari, faxriylar, ustoz-murabbiylar hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi. Bu yil litseyni jami 99 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli yakunlab, o‘z hayotlarida yangi sahifani ochmoqda. Ular orasidan 16 nafar iqtidorli o‘quvchiga imtiyozli diplomlar tantanali tarzda topshirildi. Bugun litsey ostonasidan qadam tashlayotgan bu o‘g‘lonlar yosh, ammo qalblari buyuk maqsadlar bilan to‘la. Ular Vatanga sadoqat, xalq osoyishtaligi va tinchligini taʼminlash yo‘lida xizmat qilishni o‘zlarining sharafli va muqaddas burchi deb bilishadi.






