Yoshlarni huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 17-sentyabr sanasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Ushbu tadbirda …
17.09.2025 17 viewsYoshlarni huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 17-sentyabr sanasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Ushbu tadbirda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda IIV Qoraqalpoq akademik litseyi bir guruh o‘quvchilari ishtirok etdi. Dastlab davra suhbati otkazilib, unda o’quvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda adliya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, tuzilmaning vakolatlari hamda vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, litsey o’quvchilari adliya organlarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
