Yoshlarni huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular ongida adolat va qonun ustivorligi g’oyalarini singdirish borasida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan yoshlar o’rtasida har…
25.01.2024 21 viewsYoshlarni huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular ongida adolat va qonun ustivorligi g’oyalarini singdirish borasida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan yoshlar o’rtasida har oyda kamida ikki marotaba uchrashuvlar tashkil etishni hamda uchrashuvlar interaktiv usulda, qiziqarli o’zaro muloqot shaklida o’tkazilishi belgilanib, 24 yanvar kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o’quvchilari Qoraqalpog’iston Respublikasi adliya vazirligiga tashrif buyurdilar. Adliya vazirligida o’quvchilar “yuridik kasb va yoshlar” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Nuriddinov Jamshid, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri Tursunov Elmurod, X.Sulaymanova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi direktori Xalilov Akrom ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tib, litsey o’quvchilari adliya organlarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
