Yurtimizda 13-14-mart kunlari Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida, 13-…
13.03.2026 21 viewsYurtimizda 13-14-mart kunlari Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida, 13-mart sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida hashar tadbiri o‘tkazilmoqda. Litsey xodimlari ushbu xayrli tadbirda faol ishtirok etib, litsey hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Hashar davomida daraxtlar va gulzorlar parvarish qilindi hamda hududning ekologik holatini yaxshilash maqsadida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu hashar nafaqat hududni obodonlashtirish, balki jamoada birdamlik va hamjihatlik ruhini kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasizdir.
