🠕

Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ularga zamonaviy sharoitlarda muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini yaratish maqsadida k…

03.11.2025 20 views

Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ularga zamonaviy sharoitlarda muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ushbu jarayonning amaliy ifodasi sifatida joriy yilning 2-noyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy- akademik litseyida 1 va 2-kurs o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Bellashuvda jamoalar o‘z mahorati va iroda kuchini namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar ketma-ketligi quyidagicha: 🥇 1-o‘rin — 2-kurs aniq fanlar yo‘nalishi 🥈 2-o‘rin — 1-kurs ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi 🥉 3-o‘rin — 1-kurs aniq fanlar yo‘nalishi o‘quvchilari egalladilar. Ushbu musobaqa o‘quvchilarning dam olish kunini mazmunli o‘tkazish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga yo‘naltirishga xizmat qildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0