🠕

❗️Oliygohga o’qishga kirgan askarlar harbiy fakultet talabalariga tenglashtirilib, bitirgach, zaxiradagi leytenant unvoni beriladi

13.07.2026 63 views

Shavkat Mirziyoyev kecha, 6-aprel kuni harbiy xizmatchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha takliflar bilan tanishib, tegishli qarorni imzoladi.

⬇️ Unga ko’ra, 2026/2027-o’quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

➖ Muddatli harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga oʻqishga kirib, masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratilmoqda;

➖ Kontraktga oʻqishga qabul qilingan askarlarga esa foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi;

➖ OTMga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglashtirilib, oʻqishni tamomlagandan soʻng ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi;

➖ Namunali xizmat oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinchi oʻrinni egallagan askarlarni test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0