🠕

Uch avlod uchrashuvi

39 views

⚡️Joriy yilning 11-sentyabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida «Mustaqilligimizning 35-yilligi” munosabati bilan bugun va kelajakni o‘zida mujassam etuvchi uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi is’tefodagi polkovnik O.Turdakov, faxriylar kengashi raisi is’tefodagi podpolkovnik F.Sankibaev, faxriylar va IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda IIV Qoraqalpoq akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdilar.

🔹Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan uchrashuvda faxriylar yig‘ilganlarni “Mustaqilligimizning 35-yilligi” bayram munosabati bilan tabriklab, bu sohada amalga oshirilayotgan islohatlar hamda o‘zlarining mehnat faoliyatlari va o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

🔹Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda qonunga hurmat, adolat tuyg‘usini yana-da mustahkamlash maqsadida shu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettiriladi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0