“Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
32 views
“Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2026-yil 7-oktyabr kuni 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur o‘yin o‘quvchilarning bilimini sinash, ularning mantiqiy va tezkor fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.
🎯 Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishdagi savollar orqali o‘z bilim va intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar. O‘yin qizg‘in va murosasiz kurash ruhida o‘tdi, har bir jamoa g‘alaba uchun faol harakat qildi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 104-guruh jamoasi egalladi.
✨ Ushbu intellektual bellashuv o‘quvchilarda bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ularni yanada izlanishga, o‘z ustida ishlashga va yangi marralarni zabt etishga undadi.



