📍 Joriy yilning 29-mart kuni Nukus shahrida Silk Road О‘zbekiston xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 2000 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi.
21.04.2026 6 views
📍 Joriy yilning 29-mart kuni Nukus shahrida Silk Road О‘zbekiston xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 2000 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi.
🔹 Ushbu musobaqada IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh о‘quvchilari hamda maktab o‘quvchilari, talabalar va yugurish havaskorlari, O‘zbekistonning boshqa shaharlari hamda xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan professional sportchilar, yugurish klublari vakillari faol ishtirok etdi.
🔹 Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Inson Uchun inklyuziv xayriya ommaviy yugurish musobaqasi ham o‘tkaziladi.
Tadbirning maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sport tamoyillarini va ularning ijtimoiy integratsiyasini targ‘ib qilishga qaratilgan.
