🠕

Davra suhbati

21.04.2026 9 views

2026-yilning 28-mart kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida litseyning qoraqalpoq tili va adabiyoti, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari, yosh shoir, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Baxitli Saribaev hamda litsey o‘quvchilari ishtirok etishdi.

📚 Shoir zamonaviy qoraqalpoq adabiyoti haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi hamda o‘z ijodidan she’rlar o‘qib berdi. Shuningdek sheriy to‘plamini litseyga sovg‘a qildi.

🗣 Suhbat yakunida o‘quvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda qoraqalpoq shoirlari ijodidan she’rlar aytib berishdi.

Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad o‘quvchilarning adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini orttirish, Qoraqalpoq xalqining ezgulikni, insonparvarlikni, yaxshilikni tarannum etgan boy maʼnaviy merosi yoshlar qalbiga Vatanga sadoqat, millatlararo bag‘rikenglik kabi yuksak tuyg‘ularni singdirishda katta ahamiyatga ega.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0