🠕

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak”

29.11.2023 177 views

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev
📌 Prezidentimizning “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoni bilan butun Respublika miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etilgan bo‘lib, 7-noyabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga «Yashil makonga mening hissam» shiori ostida ko’chat o’tkazish ishlari amalga oshirildi. Ushbu tadbirga barcha birdek mas’uliyat bilan yondashib, litsey jamoasi va o‘quvchilar tomonidan ta’lim muassasasini yashil makonga aylantirgan holda tahsil olishni o‘z oldilariga maqsad qilib olishdi. Tadbir davomida hududga 25 tup archa, 100 tupdan ortiq mevali va manzarali ko’chatlar ekildi. Tadbir davom etmoqda.

© 2019-2024 Developed by: EPAGE.uz