Davra suhbati
21.04.2026 7 views
Joriy yilning 26-mart kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 1-kurs o’quvchilariga “Qadimgi Xorazm mudofaa inshoatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatiga QDU arxeologiya kafedrasi tarix fanlari falsafa doktori (PhD), docent Qidirniyazov Omar-Sherip taklif etildi. Suhbat davomida mudofaa inshoatlari o‘lkamizning tarixida harbiy soha takomillashuvi, shahar rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlari, qal’alar qurilishining dastlabki va keyingi bosqichlaridagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berib o’tildi.
Suhbat yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.





