#SERTIFIKAT
28.03.2026 24 views
Bugungi kunda yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Til bilimi — bu zamonaviy dunyoda mustahkam poydevor, keng imkoniyatlar eshigi va shaxsiy taraqqiyot kafolatidir.
🎉IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari ham ushbu yo‘nalishda yutuqlarga erishmoqda. Xususan, bir guruh o‘quvchilar ingliz tili fanidan MILLIY SERTIFIKATni qo‘lga kiritib, bilim va intilishlari orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirishdi.
👏O‘quvchilarimizni hamda ularning ushbu natijalarga erishishiga o‘z hissalarini qo‘shgan litseyimizning ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi INGLIZ TILI fani o‘qituvchilarini akademik litsey jamoasi nomidan tabriklaymiz!
👏 Sertifikat olgan barcha o‘quvchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va ularga kelgusida ham ulkan zafarlar tilaymiz!










