Talabalikka bir qadam
21.04.2026 34 views
🧠 IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 1-kurs 101-guruh o‘quvchisi Islomov Odilbek Oybek o‘g‘li o‘z bilim va salohiyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
🔥 U Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etilgan Xorijiy tillarni hamda Umumta’lim fanlarni aniqlovchi sertifikatlarga ega.
✅Ingliz tili B2
✅Ona tili C
✅Tarix B
✅Matematika C+
1-kurs o‘quv yili davomida u o‘z ustida tinimsiz ishlab, asosiy fan olimpiadasining III-viloyat bosqichida Davlat huquq asoslari fanidan faxrli II-o‘rinni va Milliy Gvardiya «Temurbeklar maktabi»da tashkil etilgan olimpiadada ham faxrli II-o‘rinni egallab yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. U o‘zining intiluvchanligi, mas’uliyati va ilmga bo‘lgan cheksiz qiziqishi bilan ajralib turadi.
⚡️ Ishonch bilan aytish mumkinki, bunday iqtidorli o‘quvchilarimiz ertangi kun talabalari, kelajakda esa yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishadilar.







