Bugun hayotni internetsiz tasavvur qilib bo’lmaydi
29.11.2023 65 views
Bugun hayotni internetsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu global tarmoq kirib bormagan soha deyarli yo’q. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar esa asosiy muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Telefonni qo’lga olib, bir zumda dunyodan boxabar bo’lamiz. Zarur ma’lumotlarni bir lahzada topishimiz mumkin. Biroq global tarmoqqa joylanayotgan hamma ma’lumotlar ham to’g’rimi?
Afsuski, bu makonda noxolis, nosog’lom, yolg’on axborotlar ham ko’payib bormoqda. Demak, bu bizning rost va yolg’on qarshisida turganimizni anglatadi. Yetarli bilim va tajribga ega bo’lmagan yoshlarimizning rostni yolg’ondan ajarata olmay, gohida turli fitnalar qurboniga aylanayotganligini ko’rib turibmiz. Hozirda maktab o’quvchisi ham, talaba ham uyali telefon girdobiga sho’ng’ib ketgan. Ular goh o’yin, goh turli surat va videolardan ko’z uza olmay qolgan. Bu ahvolda ularga qanday bilim berish mumkin, qanday tarbiyalash kerak?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma’lumotlarning katta qismini yoshlar ma’naviyatining tubanlashuviga turtki bo’luvchi, milliy va diniy qadriyatlarimizga zid bo’lgan xabarlar, urf-odatlar tashkil etayotgani hamda uyali aloqa vositalari orqali yoshlarning qimor va tavakkalchilikka asoslangan o’yinlarda ishtirok etib qarzga kirib ketayotganligi esa yanada xatarlidir.