
Ichki ishlari organlari tashkil etilganligining 32-yilligi hamda “25 oktabr-Ichki ishlar organlari hodimlari kuni”
27.10.2023 250 views
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonovning 2023 yil 14-oktabrdagi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlari organlari tashkil etilganligining 32-yilligi hamda “25 oktabr-Ichki ishlar organlari hodimlari kuni” munosabati bilan kasb bayramini yuqori saviyada va ko’tarinki ruhda keng nishonlash to’g’risidagi 303-son farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida 24-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o’quvchilariga saf ko’rigi o’tkazildi. Saf ko’rigi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Ko’rik avvalida o’quvchilarga saf oldi va safdagi majburiyatlari va litseyning maxsus formasi (kiyim boshi)ni nizom talablari asosida kiyib yurish qoidalari yana bir bor tushuntirildi.
