“Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.
108 views
IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan litsey o‘qituvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Tadbirda o‘qituvchilar o‘z bilim va mantiqiy tafakkurini sinovdan o‘tkazib, zukkolik va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
O‘yinda qatnashchilar turli mavzularda berilgan savollarga javob berish orqali jamoaviy hamkorlik, analitik fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
🏆Yakuniy natijalarga ko‘ra Ijtimoiy-gumanitar kafedrasi o‘qituvchilari faxrli 🥇1-o‘rinni, Aniq fanlar kafedrasi o‘qituvchilari 🥈2-o‘rinni egalladilar.