🠕

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari о‘tkazildi

18 views

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil
6-avgustdagi 498-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 21-22-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan, IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyning ta’lim faoliyati, o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, ta’lim sifatini ta’minlash tizimi, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyati, o‘quv-metodik ta’minoti, moddiy-texnik bazasi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan ta’lim sharoitlari kompleks davlat akkreditatsiyasining tashqi baholash jarayonlari bо‘yicha o‘rganildi.

Akkreditatsiyasining tashqi baholash jarayoniga agentlik tomonidan 1 nafar koordinator va 3 nafar ekspert guruhi a’zolari jalb etildi.

О‘rganish jarayonlari davomida, taʼlim tashkilotining tashkiliy boshqaruv faoliyati, taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, o‘quvchilar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, moddiy-texnik baza, o‘quvchilarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, inson resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, o‘quv jarayonini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, dars mashgʻulotlarning olib borilishi, bitiruvchilarning bandligi va oliy ta’lim bilan qamrovi yuzasidan ma’lumotlar o‘rganilib, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida soʻrovnoma o‘tkazildi.

Akkreditatsiya jarayonlari davomida aniqlangan holatlar va berilgan tavsiyalar asosida, kelgusida harbiy-akademik litseyda ta’lim sifatini yanada oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0