🠕

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi MMI va KBTD boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna tashrif buyurdi.

66 views

Joriy yilning 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi MMI va KBTD boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarga litseyning faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, litseyda tahsil olayotgan yoshlarning bilim olishi, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi va kelgusida ichki ishlar organlari uchun munosib kadrlar bo‘lib yetishishiga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0